18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurolni hamda uning oʻq-dorilarini sotish, meros qilib olish
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻz mulkidagi fuqaroviy qurolni hamda uning oʻq-dorilarini ichki ishlar organlarining fuqaroviy qurolni realizatsiya qilishga doir ruxsatnomalari asosida, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali sotish huquqiga ega.
Fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini meros qilib olish merosxoʻrda mazkur turdagi qurolni olishga doir ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda, qurol ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng amalga oshiriladi. Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnomani olish rad etilgan taqdirda, fuqaroviy qurol fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilinishi yoki ichki ishlar organlariga tekin asosda topshirilishi kerak.
