17-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish
Qurol toʻgʻrisida (O‘RQ-550-son) · Sana: 29.07.2019 · Amalda
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar:
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlishi;
fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, ularni saqlash xavfsizligini taʼminlashi;
xaridordan muayyan qurol turini olishga doir ruxsatnomani koʻrsatishini talab qilishi;
olinayotgan va realizatsiya qilinayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari hisobga olinishini, shuningdek hisobga olish hujjatlari oʻn yil mobaynida saqlanishini taʼminlashi;
realizatsiya qilinayotgan oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini, tigʻli sovuq ov qurolini va signal beruvchi qurolni, oʻqotar ov qurolining oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazishi;
Muayyan qurol turini olishga doir ruxsatnomani taqdim etmagan jismoniy va yuridik shaxslarga fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek raqami va ishlab chiqaruvchining tamgʻasi mavjud boʻlmagan qurolni realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning bitta savdo zalida qurolni va boshqa turdagi tovarlarni realizatsiya qilishi taqiqlanadi, bundan sport, ov va baliq ovlash ashyolari, qurolning ehtiyot qismlari mustasno.
