26-modda. Fondning vasiylik kengashi
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Fondning vasiylik kengashi fondning organi boʻlib, u fond faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Fond vasiylik kengashining tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak. Vasiylik kengashi dastlabki tarkibining aʼzolari muassislar (muassis) tomonidan yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan boʻlsa, vasiyatnomada nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
Fondning vasiylik kengashini tuzish, vasiylik kengashi yigʻilishlarini chaqirish va vasiylik kengashining qarorlarini qabul qilish tartibi fond ustavida belgilanadi.
Fond vasiylik kengashining aʼzolari ayni bir vaqtning oʻzida fondning boshqaruvi va taftish komissiyasiga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Fondning ustavida fond vasiylik kengashining aʼzolariga haq toʻlash va ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish nazarda tutilishi mumkin.
