“1284-modda.Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi va oʻtishi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-542-son) · Sana: 23.05.2019 · Amalda
Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, —
eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, —
eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oʻsha huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oʻsha huquqbuzarlik maʼmuriy jazo ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
4) 194-moddaning:
nomidagi “Militsiya xodimining” degan soʻzlar “Ichki ishlar organlari xodimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki koʻrsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik”;
