“248-modda. Ichki ishlar organlari — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-542-son)
“248-modda. Ichki ishlar organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-542-son) · Sana: 23.05.2019 · Amalda
Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:
1) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 122, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari;
2) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida, 114-moddasining birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 122, 123, 156, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish boʻyicha ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki boshligʻi oʻrinbosarlari;
3) ushbu Kodeks 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarining (boshqarmalarining) boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari;
4) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”;
5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining (Bosh boshqarmasining) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, yoʻl-patrul xizmatini hamda maʼmuriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha bosh inspektor, inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasining (boʻlimining) boshligʻi, maʼmuriy huquqbuzarliklar materiallarini koʻrib chiqish boʻyicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimining (boʻlinmasining) boshligʻi, davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yoʻl harakati xavfsizligi guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;
6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati brigadasi (batalyoni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari;
7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar”;
11) 258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshligʻi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boʻlimining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshligʻi), Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari)”;
12) 284-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart boʻlib, uni joyning oʻzida tuzishning imkoni boʻlmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin”;
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “militsiyaga” va “militsiya xodimlari” degan soʻzlar tegishincha “ichki ishlar organlariga” va “ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 290-moddaning yettinchi qismidagi “militsiya xodimlari” degan soʻzlar “ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 291-moddaning:
birinchi qismi “a” kichik bandidagi “militsiya xodimining” degan soʻzlar “ichki ishlar organi xodimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasiga binoan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi”;
15) 294-moddaning uchinchi qismidagi “(militsiya)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
16) 326-moddaning uchinchi qismidagi “332-moddasi birinchi qismida belgilab qoʻyilgan” degan soʻzlar “332-moddasida belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 332-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlashi kerak”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 192-moddaning:
uchinchi qismidagi “topilma toʻgʻrisida militsiyaga” degan soʻzlar “topilma toʻgʻrisida ichki ishlar organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “saqlash uchun militsiya” degan soʻzlar “saqlash uchun ichki ishlar organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 193-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar yoʻqolgan ashyoni olishga haqli boʻlgan shaxs topilma toʻgʻrisida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan eʼtiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga ushbu ashyoga boʻlgan oʻz huquqi toʻgʻrisida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi”;
3) 195-moddaning:
birinchi qismidagi “militsiyaga” degan soʻz “ichki ishlar organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “militsiya” degan soʻz “tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 991-moddaning:
nomidagi “Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 1001-moddaning uchinchi qismidagi “Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 1061-moddaning:
nomidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 30-moddaning beshinchi qismidagi “Militsiya” degan soʻz “Ichki ishlar organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 39-moddaning birinchi qismidagi “surishtiruv oʻtkazayotgan shaxs” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 45-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud tekshiruvi oʻtkazilishi munosabati bilan soʻrovi boʻyicha”.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “ishni dastlabki tergov qilishda” degan soʻzlar “ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning uchinchi qismidagi “surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shikoyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega”;
2) 76-modda quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga himoyalangan aloqa kanallari boʻyicha videokonferensiya tizimi orqali masofali video-uchrashuv berilishi mumkin”;
toʻqqizinchi qismi oʻninchi qism deb hisoblansin;
3) 79-modda:
ikkinchi qismidagi “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomiga joʻnatiladigan xatlar va boshqa joʻnatmalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 88-moddaning uchinchi qismidagi “shu muassasalarning” degan soʻzlar “jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 113-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar) 5-moddasi birinchi qismining 17-bandidagi “hamda surishtiruv oʻtkazib” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 35-moddaning uchinchi qismidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 42-moddaning ikkinchi qismidagi “Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
2) 421-moddaning ikkinchi qismidagi “ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik boʻlimiga (boshqarmasiga)” degan soʻzlar “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boshqarmasiga)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-42-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 30-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
nomidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-65-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 12, 651-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) nomidagi “ichki ishlar idoralari xodimlari” degan soʻzlar “ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1-moddadagi “Ichki ishlar idoralari xodimlari” degan soʻzlar “Ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-154-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 190-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning:
birinchi qismidagi “Surishtiruvchi” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “surishtiruvchining” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-249-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 230-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning oltinchi qismidagi “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari” degan soʻzlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida sud ekspertini ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) xulosa bilan birga yuborishi”;
3) 17-moddaning birinchi qismidagi “Surishtiruvchining” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 23-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun sud eksperti jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi”.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-263-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) 21-moddasining toʻrtinchi xatboshisidagi “surishtiruvchi” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-298-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 19-modda:
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa davlat organlari nomiga” degan soʻzlar “yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari nomiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi”;
toʻrtinchi — yettinchi qismlari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qamoqda saqlash joyi maʼmuriyati tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruv organiga, tergov organining boshligʻiga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi”;
2) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “248-modda. Ichki ishlar organlari Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-542-son). neolex.uz/uz/laws/law-4349708/248 (lex.uz/docs/-4349703)