“10-modda. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi”;
Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-536-son) · Sana: 10.05.2019 · Amalda
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) quyidagi mazmundagi 241-modda bilan toʻldirilsin:
