8-modda.
Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi · Sana: 29.10.1971 · Amalda
1) Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Xalqaro byurosi fonogrammalar muhofazasiga tegishli axborotni toʻplaydi va nashr qiladi. Har bir qatnashchi-davlat Xalqaro byuroga kechiktirmay ushbu masala boʻyicha hamma yangi qonunlar va rasmiy matnlarni kechiktirmay xabar qiladi.
2) Xalqaro Byuro har qanday qatnashchi-davlatga, uning iltimosiga binoan ushbu Konvensiyaga tegishli masalalar boʻyicha axborot taqdim etadi, shuningdek tadqiqotlar olib boradi va ushbu Konvensiyada koʻzda tutilgan muhofazaning amalga oshirilishini osonlashtirish maqsadida xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.
3) Xalqaro byuro 1- va 2-bandlarda bayon qilingan vazifalarni Taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan millatlar tashkilotining va Xalqaro mehnat tashkilotining vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarga nisbatan ular bilan hamkorlikda bajaradi.
