9-modda.
Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi · Sana: 29.10.1971 · Amalda
1) Ushbu Konvensiya Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibida depozitlanadi. Konvensiya Birlashgan millatlar tashkilotining, Birlashgan millatlar tashkiloti bilan bogʻliq ixtisoslashtirilgan muassasalardan birining yoki Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik yoki Xalqaro sud statuti tomonining aʼzosi boʻlgan istalgan qatnashchi-davlat tomonidan imzolash uchun 1972-yil 30-aprelga qadar ochiq boʻladi.
2) Ushbu Konvensiya uni imzolagan mamlakatlar tomonidan ratifikatsiya yoki qabul qilinishi kerak. Konvensiya ushbu moddaning 1-bandida tilga olingan har qanday davlatning unga qoʻshilishi uchun ochiqdir.
3) Ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilish boʻyicha aktlar Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibida depozitlanadi.
4) Ushbu Konvensiyaga aʼzo boʻlgan davlat shu paytdan eʼtiboran oʻzining milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu Konvensiya qoidalarini hayotga tatbiq qilishga qodir boʻlishi kerakligi koʻzda tutiladi.
