7-modda.
Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi · Sana: 29.10.1971 · Amalda
1) Ushbu Konvensiya mualliflar, ijrochi-artistlar, fonogramma tayyorlovchilar yoki radioeshittirish organlarining milliy qonunchilik yoki xalqaro konvensiyalar tomonidan taqdim etiladigan manfaatlarining muhofazasini cheklaydigan yoki ularga ziyon yetkazadigan hujjat sifatida mutlaqo izohlana olmaydi.
2) Har bir qatnashchi-davlatning milliy qonunchiligi, zarur hollarda, chiqishlari fonogrammaga yozilgan ijrochi-artistlar manfaatlarining muhofazasi amalda boʻlish doirasini, shuningdek ular bunday muhofazadan foydalanishlari mumkin boʻlgan shartlarni belgilaydi.
3) Bironta qatnashchi-davlat ushbu Konvensiya mazkur davlat hududida kuchga kirgunga qadar yozib olingan fonogrammalarga nisbatan ushbu Konvensiya qoidalarini bajarishga majbur emas.
4) Har qaysi qatnashchi-davlat, uning milliy qonunchiligi 1971-yil 29-oktabr holatiga fonogrammalar tayyorlovchilariga faqat birinchi yozib olingan joyga asoslanib ularning manfaatlariga muhofaza taqdim qilgan boʻlsa, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori depozitlagan bildirishnoma asosida ushbu mezonni tayyorlovchining fuqaroligi mezonining oʻrniga qoʻllashini maʼlum qilishi mumkin.
