“77-modda. Yuridik shaxslar birlashmalari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (175-II-son) · Sana: 15.12.2000 · Amalda
Tijorat tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va oʻzga birlashmalariga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va oʻzga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xoʻjalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.
Notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning aʼzolari oʻz mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning aʼzolari ularning majburiyatlari boʻyicha uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidar javobgar boʻladilar.
Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini koʻrsatishi, unga “uyushmasi”, “ittifoqi” soʻzlari yoki birlashma turini koʻrsatadigan boshqa soʻz kiritilgan boʻlishi kerak.
Qonun hujjatlarida yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari belgilanishi mumkin”;
4) 773-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mijozning bankdagi hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin”;
5) 985-moddasining birinchi qismidagi “shaxsga yetkazilgan zarar” degan soʻzlar “shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
