“1103-modda. Tovar belgisidan foydalanish va uning daxlsizligi huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (175-II-son) · Sana: 15.12.2000 · Amalda
Tovar belgisiga boʻlgan huquq egasi oʻziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir.
Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi.
Tovar belgisini nashr etganda, uni koʻpchilik oldida ijro etganda yoki undan oʻzgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining oʻziga ham, uning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat unga boʻlgan huquq egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tovar belgisining daxlsizligiga boʻlgan huquq tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir”;
10) 1078-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yozuvlardan nusxa koʻchirish”;
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) ikkinchi moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanishi mumkin. Jamiyat muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab oʻtishga haqlidirlar”.
16. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda) 15-moddasi beshinchi qismining birinchi xatboshisi “quyidagi hollarda” degan soʻzlardan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
