“1791-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (175-II-son) · Sana: 15.12.2000 · Amalda
Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortishi —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 264-moddasining birinchi qismidagi “165” raqami chiqarib tashlansin, “1762” raqami esa “1762, 1791” raqamlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda):
1) 16-moddasining ikkinchi qismidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Boshqaruv aʼzolarini (Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisning Kengashi tasdiqlaydi”;
2) 22-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar”.
13. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11—12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5—6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda):
1) 15-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin: “Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin”;
2) 40-moddasining beshinchi qismidagi “birlashishlari mumkin” degan soʻzlar “va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 77-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
