18-modda. Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida (O‘RQ-532-son) · Sana: 02.04.2019 · Amalda
Nazorat ostidagi shaxs yashash joyini oʻzboshimchalik bilan tark etganda, shuningdek jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilish chogʻida maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan hollarda yashash joyiga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmaganda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash choralarini koʻradi.
Nazorat ostidagi shaxsning qayerdaligi aniqlanmagan taqdirda ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsning turar joyi va yetib kelmaslik sabablarini aniqlash boʻyicha koʻrilgan choralar haqidagi hujjatlar (dalolatnoma, fuqarolarning yozma koʻrsatuvlari, ichki ishlar organi xodimining bildirgisi) bilan birga sudga unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma yuboradi.
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma sud tomonidan besh kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.
Nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilinadi.
Nazorat ostidagi shaxslarning qidiruvi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
