12-modda. Xalqaro shartnoma loyihasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnining boshqa turdagi ekspertizasi
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida (O‘RQ-518-son) · Sana: 06.02.2019 · Amalda
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, lingvistik, shuningdek boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
Ekspertlar darajasida ishlab chiqishda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinishi mumkin.
Ekspertlarning xulosalari tavsiya xususiyatiga ega boʻladi va xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Boshqa turdagi ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar oʻz vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga binoan qabul qilinadi.
