9-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Vegetativ, asab tizimi kasalliklarining klinik koʻrinishlari, VAT turli tarkibiy qismlari, boʻlaklari birlamchi shikastlanishini asoratlari yoki nevrologik, somatik, endokrin, ruhiy, allergik kasalliklar va zaharlanishlarning ikkilamchi sindromlari boʻlishi mumkin. Bular hammasi alohida diqqat bilan anamnez yigʻish va har tomonlama klinik tekshiruv oʻtkazish zarurligini anglatadi.
9.1-modda boʻyicha, surunkali VAT kasalliklarini paroksizmal koʻrinishlariga, zoʻrayishning tez-tez qaytalanishi va keskin xurujli reaksiya (vagovazal, simpatik, aralash turi, visseral simpatologik diensefal turlariga) ega boʻlgan vegetativ tomir buzilishlari tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ushbu guruhga quyidagi kasalliklar kiradi: migren, solyarit, umurtqa arteriyasi va Menyer sindromi, diensefal sindromi, angiotrofonevrozlar (Reyno kasalligi, eritromelalgiya va hokazo), Kvinke shishi va ortostatik essensial gipotoniya.
Ishga tiklanish masalasi sogʻaygan vaqtidan boshlab, ikki yildan oldin boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.
Periferik neyrovaskulyar sindromlar va ganglionitlarda, 10 moddaga muvofiq ekspert qarori chiqariladi.
9.2-modda boʻyicha irsiy-konstitutsional disfunksiyasi boʻlgan, hamda gormonal oʻzgarishlar sharoitida yoki somatik kasallikdan keyin paydo boʻlgan, tekshiruv vaqtida turgʻun remissiya davrida (asosiy kasallikdan sogʻaygach, ikki-uch oydan keyin) boʻlgan shaxslar koʻrikdan oʻtadilar.
Ekspert baholash, vegetativ-tomirlardagi buzilishlarning ifodalanganlik darajasiga, klinik tekshiruvlar natijalariga va qoʻshimcha yukli sinovlarni (ortostatik, vestibulyar sinovlar va boshqalarni) koʻtara olishiga bogʻliq.
Agar vegetativ tomir buzilishlarining klinikasida funksional kardiovaskulyar koʻrinishlar namoyonligi ustun boʻlsa, u holda ekspert masalasi 19-modda boʻyicha hal qilinadi.
