10-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Moddaga periferik asab tizimining turli sabablarga oid kasalliklari kiradi:
orqa miya ildizlari, chigallari, asab oʻzaklari, gangliylarini jarohatli shikastlanishi, oʻtkir va surunkali kasalliklari; periferik neyrovaskulyar sindromlari;
umurtqa pogʻonalari kasalliklarida ildizlarning kompressiyalari;
umurtqa pogʻonalaridagi, orqa miya ildizlaridagi, chigallaridagi va asab oʻzaklaridagi operatsiyalar asoratlari.
Koʻrsatilgan kasalliklari boʻlgan shaxslar, kasallikning oʻtkir davrida (ambulatoriyada, statsionarda, sanatoriyda) davolanishlari lozim.
Umurtqa orasidagi disk churrasini oldirgandan soʻng, statsionardan chiqarilgandan keyin olti oydan ilgari boʻlmagan vaqtdan keyin, operatsiya va operatsiyadan keyingi davr xususiyati hisobga olinib koʻrik oʻtkaziladi.
Surunkali radikulitning yilda ikki martadan koʻp zoʻrayishida 10.1-moddasi qoʻllaniladi.
Harakatchanlik buzilganda, ildizlar koʻrinishi bilan kuzatilmasa, (umurtqa pogʻonalari kasalliklari) 29-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladi.
