8-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Bosh miya jarohatida markaziy asab tizimi shikastlangan shaxslarning koʻrigi klinik tekshiruv va davolanishdan keyin oʻtkaziladi. Jarohat mexanizmi va sharoitlarini baholashda, kontaktsiz bosh miya jarohati (miya siljishi, tomirlar yorilishi) va jarohat oqibatida atlant-oksipital birikmasi tuzilishining shikastlanishini hisobga olish kerak.
Ekspert qaror chiqarishda, ong-hushini oʻzgaruvchanlik (beqarorlik) va amneziya (xotira yoʻqolishi) vaqtini davomliligi hisobga olinadi.
Jarohatdan keyin, soʻnggi bosqichdagi epilepsiya rivojlanish ehtimolini oldindan taxmin qilgan holda, jarohat xarakteri va ogʻirlik darajasidan tashqari, boshqa xavfli omillarni ham hisobga olish zarur. Anamnezni, EEG dinamikasi, yoʻqotilgan funksiyalarining kompensatsiya darajasi va qoʻshimcha yukli sinovlarni koʻtara olish natijalari, psixologik tekshiruvlarni hisobga olgan holda ekspert baholash oʻtkaziladi.
8.1-moddaga tegishli:
ochiq BMJ (teshib ichiga kirgan va ichiga kirmagan);
ochiq yoki yopiq bosh miya jarohatining MATning yorqin organik oʻzgarishlari bilan ifodalangan oqibatlari ruhiy oʻzgarishlar, gipertenzion yoki tutqanoqlar sindromi bilan;
orqa miya jarohatining asoratlari harakatlantiruvchini, sezuvchanlikni buzilishi va tos aʼzolari faoliyatini buzilishi bilan.
BMJda miyaning qattiq pardasini shikastlanishini, kalla gumbazi suyaklarini ichiga botib ezilib yoki parchalanib sinishini, bosh suyaklarida nuqsonlari bor (diagnostik frezalangan teshiklardan tashqari), oʻtkir davrda bosh miya ichida gematomani va likvorreyani oʻtkazgan shaxslar tiklanmaydilar.
Oʻrta va ogʻir darajadagi bosh miya lat yeyishida kalla gumbazining chiziqli sinishini, miya suyagi ost qismini (likvorreyasiz) yoki subaraxnoidal qon quyilishini kechirgan shaxslarga, kuzatuvda ijobiy natijalar boʻlsa jarohatdan keyin ikki yildan oldin boʻlmagan vaqtdan keyin, ishga tiklash maqsadida, tekshiruvlar oʻtkazilishi mumkin.
8.2.-modda bosh miya chayqalishini yoki yengil darajadagi bosh miya lat yeyishini kechirgan shaxslarga qoʻllaniladi. Jarohatdan soʻng uch-olti oydan oldin boʻlmagan vaqtdan keyin, nevrologik yoki vegetativ statusida, EEG da yengil ifodalangan oʻzgarishlar qayd qilinsa yoki boʻlmasa va qoʻshimcha yukli sinovlarni ijobiy koʻtara olsa, parvoz ishiga tiklanish masalasi koʻrib chiqiladi. Dispetcherlar sogʻaygandan keyin ishga qoʻyiladilar.
