7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Birinchi marta asab tizimining organik shikastlanishlari aniqlangan shaxslar, asab kasalliklari boʻlimida statsionar tekshiruvdan oʻtishlari lozim.
7.1-moddaga asab tizimining organik kasalliklari:
oʻsimtalar, siringomiyeliya, tarqoq skleroz va boshqa kuchayib ketuvchi kasalliklar;
markaziy asab tizimining oʻtkir va surunkali yuqumli kasalliklari: ensefalit, araxnoidit, meningit, miyelit, neyrosifilis, infeksiya qoldiqlarining belgilari yoki asab tizimining zaharlanishi faoliyatini buzilishi, likvor aylanishining buzilishi, tirishish xurujlari bilan;
asab-mushak apparatining kasalliklari: miasteniya, miopatiya, miotoniya, mioplegiyalar tegishli.
7.1-modda bilan koʻrikdan oʻtuvchi shaxslar parvoz va dispetcherlik ishiga yaroqsiz deb topiladilar va tiklanishlari mumkin emas.
7.2-modda asab-ruhiy faoliyatini toʻliq tiklanishi bilan markaziy asab tizimining yuqumli yoki zaharlanish kasalligini oʻtkazgan yoki funksiyalari buzilmagan holda organik mikro simptom koʻrinishidagi yengil qoldiq koʻrinishlari boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Uchish ishiga tiklanishi haqidagi masala: grippli ensefalitdan bir-ikki yildan ilgari boʻlmagan vaqtda, oʻtkir ensefalomiyelitda — ikki yildan keyin, oʻtkir kana ensefalitda — uch yildan keyin hal qilinadi.
Bosh va orqa miya epidemik meningit oʻtkazgan shaxslar ishga yaroqsiz deb hisoblanadi. Parvoz va dispetcherlik ishiga (oʻqishga) qoʻyilish masalasi kasallik oʻtkazgandan soʻng bir yildan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.
Yengil meningokok infeksiyasini, meningokok rinitini, faringitini oʻtkazgan shaxslar 12-modda boʻyicha koʻrikdan oʻtkaziladilar.
7.2-modda. asab-mushak apparatining kasalliklari va irsiy-degenerativ kasalliklarining sekin progrediyent kechuvchi boshlangʻich davrida, kasbi uchun zarur boʻlgan faoliyati yetarli darajada saqlangan shaxslarga qoʻllaniladi.
