6-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Turli xildagi sabablarga koʻra bosh va orqa miya qon tomirlarining patologiyasi boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar. Ushbu guruhga birlamchi bosh va orqa miya qon tomirlarining kasalliklari (vaskulitlar, rivojlanish anomaliyasi, anevrizmalar, ateroskleroz va boshqalar) va tomirlarning ikkilamchi somatogen, vertebrogen va boshqa sabablarga koʻra oʻzgarishlari kiradi.
Miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi yoki surunkali bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligining xurujli kechishi, markaziy va periferik asab tizimining buzilishi, ruhiy oʻzgarishlar kasbiy majburiyatlarni bajarishni inkor qiluvchi yoki qiyinlashtiruvchi, koʻrsatilgan kasalliklarning klinik koʻrinishlaridir.
Uchuvchi tarkibining ishiga noloyiq deb topilishining koʻproq uchraydigan sababi bosh miya tomirlarining aterosklerozidir. Asab holatining yengil tarqoq mikro-simptomatikasi yoki berilgan qoʻshimcha tekshiruvlarda meʼyordan tashqari oʻzgarishlar aniqlanganda, serebral aterosklerozni giper-diagnostikasini inkor qilish maqsadida hayot anamnezi chuqur tahlil qilinishi lozim.
Bosh va orqa miyadagi barcha qon-tomirlar kasalliklar ekspertizasi, uning sabablari, kasallikni kechishi, qoʻshimcha yukli sinovlarni koʻtara olishi, psixologik tekshiruv, hamda parvozlar xavfsizligiga taʼsir qiluvchi oʻtkir holatlar roʻy berishini oldindan bilishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
6.1-modda boʻyicha bosh miya qon aylanishining gemorragik yoki ishemik turini oʻtkir buzilishini, bosh miya oʻtkinchi ishemiyasi, subaraxnoidal qon quyilishi yoki serebral tomir xurujini kechirgan shaxslar, hamda miyada qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
6.2-modda boʻyicha bosh yoki orqa miya tomirlari ateroskleroz shikastlanishining yengil yoki moʻtadil ifodalanishi klinik va instrumental uslubdagi tekshiruvlar bilan tasdiqlangan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Xulosa, asab tizimidagi buzilishlar, asosiy arteriya oʻzaklarining torayish darajasi, kasbiy zarur boʻlgan psixologik faoliyat holatini, kasallikning kechishini, xavf omillarini, prognozini va qoʻshimcha yukli sinovlarni koʻtara olishini baholash asosida chiqariladi.
Ushbu band boʻyicha, bosh va orqa miya qon tomirlarining yuqumli yoki zaharli-allergik shikastlanishini (vaskulitlarni) kechirgan, davolanishni tugatgandan soʻng ikki yil muddatdan kam boʻlmagan vaqt oʻtganidan keyin, shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
