5-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Modda epilepsiyaning klinik koʻrinishlarining barcha shakllarini, shu jumladan bir martalik tutqanoqni ham oʻz ichiga oladi
Epilepsiyaga gumon qilingan shaxslar, statsionar tekshiruviga asab kasalliklari boʻlimiga yoʻllaniladilar. Yuborilayotganda tutqanoqning xususiyatlari bayon qilingan, guvohlar imzosi qoʻyilgan, tibbiy xodim tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma tuzilishi lozim. Toʻliq nevrologik tekshiruv, EEG va psixiatr maslahatidan keyin tashxis qoʻyiladi. EEGdagi epileptoid faollik epilepsiya tashxisini tasdiqlaydi, uning yoʻqligi tashxisni inkor etmaydi.
Moddaga bir martalik sababi aniqlanmagan epileptiformali tutqanoqlar tegishli. Simptomatik epilepsiyada ekspert baholash asosiy kasallikka bogʻliq. Tekshiruvda: bosh miyadagi boʻrtma jarayon, tomirlardagi buzilishlar, tashqi zaharlanishlar, gijjalar invaziyasi va boshqalarni mustasno qilish kerak.
EEGda birinchi marta paroksizmal faollik aniqlangan shaxslar asab kasalliklari boʻlimida tekshiruvdan oʻtishlari kerak. Birinchi marta EEGda epileptoid faollik (“choʻqqisi- sekin toʻlqin”ga xos) aniqlangan shaxslar, epilepsiyaning boshqa belgilari yoki markaziy asab tizimining organik kasalliklari boʻlmasa asab kasalliklari boʻlimida tekshiruvdan oʻtishlari kerak. Takroriy statsionar tekshiruvda, EEGda koʻrsatilgan oʻzgarishlarning turgʻunligi (3 — 6 oy davomida), parvoz, dispetcherlik ishiga yaroqsiz deb topilishiga asos boʻladi.
Uchuvchilar, shturmanlar, bortinjenerlar va uchuvchi va dispetcherlar oʻquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar EEGsida paroksizmal, epileptoid faollik va yorqin ifodalangan oʻzgarishlar aniqlanganda, yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi.
