4-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Bu moddaga shaxsning turli xildagi sotsiopatik, psixopatiyadan to disgormonal ruhiy infantilizmgacha, shaxsiy aksentuatsiya buzilishlari kiradi.
Oilaviy va shaxsiy anamnezda aniqlashtirilgan, jamiyat belgilagan odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslik (doimiy janjallar, alkogolizatsiya, qonunbuzarlik va boshqalar), sotsiopatik oʻzgarishlarning asosiy belgilaridir.
Ixtisoslashtirilgan muassasada statsionar tekshiruvidan keyin tashxis va xulosa chiqariladi.
4.1-moddaga psixopatiya (shaklidan va aks etgan belgilaridan qatʼi nazar) va shaxsning nopsixotik koʻrinishidagi oʻzgarishlari (paranoyyal, affektiv, shizoid, qoʻzgʻaluvchan va boshqa toifalari) tegishli.
4.2-modda ruhiy infantilizm, feʼl-atvorning aksentuatsiyasi, kasbiga taʼsir qiluvchi salbiy ruhiy gʻayritabiiylik aniqlangan shaxslarga qoʻllaniladi.
Infantilizm, shaxsning aksentuatsiyasining alohida, ifodalanmagan belgilari, asab — ruhiy faoliyatining yaxshi ijtimoiy va kasbiy kompensatsiyalanishida salbiy ekspert xulosasiga asos boʻla olmaydi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchining xulq-atvorida, ilgari kuzatilmagan, meʼyorga toʻgʻri kelmaydigan keskin oʻzgarishlarning paydo boʻlishi psixolog va psixiatr maslahatiga asos boʻladi. Tashxis boʻlmasa modda qoʻllanilmaydi.
Psixolog tomonidan shaxsda alohida oʻziga xos ruhiy oʻzgarishlar aniqlansa, asab kasalliklari statsionarida statsionar tekshiruvi oʻtkaziladi. Koʻrsatmalarga koʻra psixiatr maslahati belgilanadi.
Shaxsiyatdagi turgʻun, yorqin ifodalangan oʻzgarishlarning, tibbiy kuzatuvning salbiy maʼlumotlari bilan qoʻshilishida, yaroqsizligi haqida xulosa chiqariladi.
Oʻzgarishlar ahamiyatga ega boʻlmasa, kasbiy fazilatiga: stajiga, ish tajribasiga, bajarayotgan ishining sifatiga qarab yaroqliligi haqida xulosa chiqariladi.
