3-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Alkogolizm shunday kasallikni ifodalaydiki, bunda shaxs spirtli ichimliklar ichishni suiisteʼmol qilish va alkogolga haddan tashqari ruju qoʻyish oqibatida, isteʼmol qilayotgan spirtli ichimlik meʼyorini va nazoratini yoʻqotadi, ruhiy va somatik buzilishlar paydo boʻlib, (va) ijtimoiy axloq meʼyorlarini buzadi.
Alkogolizmga gumon qilingan, oʻtkir (uncha oʻtkir boʻlmagan) alkogolli psixozni (alkogolli deliriy, paranoid, gallyutsinoz, rashkli alahsirash va bosh.) kechirgan shaxslarga narkolog maslahati zarur. Maishiy ichkilikbozlikda modda qoʻllanilmaydi, ishga qoʻyish masalasi rahbariyat tomonidan hal qilinadi.
Dorilarga qaramlik yoki dorini suiisteʼmol qilish, ularni notibbiy isteʼmol qilishni bildiradi. Bu holatlar ishga va oʻqishga mutlaqo yaroqsizlikni bildiradi.
Anamnezida dorilarga qaramlik (zaxarvandlik) va giyohvandlik boʻlgan shaxslar, ishdan chetlashtirilgan muddatidan qatʼi nazar tiklanishlari mumkin emas.
Shifokor tibbiy koʻrikdan oʻtuvchini giyohvand, dori, kimyoviy uchuvchan va boshqa ongni zaharlovchi moddalar isteʼmol qilganligi haqida maʼlumot olsa, giyohvand mastlik holatini bayon qilib, giyohvand moddani isteʼmol qilish sabablari va boshqa sharoitlar va dalillar haqida dalolatnoma tuzadi. Koʻrikdan oʻtuvchi tibbiy xodim kuzatuvi ostida tashxisni aniqlash uchun, tibbiy hujjatlari va ashyoviy dalillar (shprits, dori moddalarining qoldiqlari va shunga oʻxshashlar) muhrlangan holda topshirilishi bilan birga narkolog maslahatiga yuborilishi shart.
