2-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Modda yuqumli kasalliklar, zaharlanish psixozlari (alkogollidan tashqari), hamda funksional reaktiv psixozlar; ruhiy shikastlanish vaziyatlariga (oilaviy turmushda, ishlab chiqarishda va bosh.) yoki oʻtkir ruhiy jarohatlarga javob sifatida yuzaga keluvchi, nevrozlar (nevrasteniya, psixasteniya, miyaga oʻrnashib qolgan holatlar nevrozi); suiqasdga urinish; guruhini umumlashtiradi.
Oʻtkir psixoz, nevroz kechirgan shaxslar 2.1-modda boʻyicha ishga yaroqsiz deb topiladilar. Ularni ishga tiklash masalasini, ikki yildan soʻng, ixtisoslashtirilgan muassasada statsionar tekshiruvdan oʻtgandan keyingina koʻrib chiqish mumkin. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga tiklanish masalasini koʻrib chiqishga, psixoz (nevroz) paytida ruhiy holatning barqarorligi, uning xususiyatlari, tuzilishi, chuqurligi va kechishini hisobga olgan holda, asab-ruhiy faoliyatini uzoq vaqt davomida kompensatsiyalanishi asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suiqasdga urinishlar 2.1-moddaga tegishli. Suiqasdga urinishga sabab boʻlgan sharoitni oʻrganishda va tekshiruvni amalga oshirishda, shifokor guvohlarni soʻroq qilishi, shaxsiy va oilaviy anamnezni, oʻz-oʻziga tajovuzkorlik harakatining vaj va sabablarini aniqlashtirishi shart. Psixiatr maslahati majburiy. Anamnezida suiqasdga urinish boʻlgan shaxslar tiklanishlari mumkin emas.
2.2-modda maʼlum bir sharoitda astenik holatlarida va nevrastenik sindromida qoʻllaniladi. Toʻrt-olti oydan keyin, kuzatuv natijalari, klinik tekshiruvlar ijobiy boʻlib va qoʻshimcha yukli sinovlarni yaxshi oʻtkazsa, qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Qisqa muddatli maʼlum bir somatik kasallik bilan bogʻliq ruhiy faoliyatning buzilishini oʻtkazgan shaxslar, asosiy kasallikdan sogʻaygandan keyin va qoʻshimcha yordamchi davolash usullari qoʻllanilmagan holda asab-ruhiy faoliyati toʻliq kompensatsiyalansa, 2.2-modda bilan parvoz ishiga yaroqli deb topilishlari mumkin.
