31-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Moddaga, chin oʻsmalardan tashqari, suyak-togʻay ekzostozlari, tugunli buqoq, kistali hosilalar (xususiyatidan qatʼi nazar), mastopatiya va prostata bezi adenomasi tegishli.
31.1-modda, joylashgan joyi, hajmlari, qoʻshni aʼzolar bilar oʻzaro anatomik bogʻlanganligi, atrofdagi aʼzolar faoliyatini buzilish ehtimoli va ular tarqalgan aʼzolarga bogʻlanganligi sababli, operativ muolaja lozim boʻlmagan oʻsmalarda qoʻllaniladi.
Xavfsiz oʻsmalar olib tashlangandan keyin, operatsiya koʻlami va natijasiga qarab ishga qoʻyilish muddatlari aniqlanadi.
Oʻsishga moyilligi boʻlmagan, unchalik katta boʻlmagan oʻlchamli, kiyim va oyoq kiyim kiyishiga halaqit qilmaydigan xavfsiz oʻsmalarda modda qoʻllanilmaydi.
Ilgari xavfsiz oʻsmalar sababli operatsiya oʻtkazgan, bortkuzatuvchilikka oʻquv yurtlariga va ishga kirayotganlar, TUEKka oʻtkazilgan operatsiya turi va oʻsmaning gistologik tekshiruv maʼlumotlari koʻrsatilgan koʻchirma taqdim etishlari kerak.
Oshqozon — ichak yoʻllaridagi (koʻpchilik hollarda poliplar) va nafas olish aʼzolaridagi xavfsiz oʻsmalarda, kimyoviy zaharlar bilan ishlashga yaroqsizlik belgilangan. Ushbu oʻsmalarda davolash usuli haqidagi masalani onkolog (proktolog) hal qiladi.
Tugunli buqoqni olib tashlagandan keyin, parvoz (dispetcherlik) ishiga tiklash va ushbu mutaxassisliklarga oʻqitish masalasini, operatsiyadan uch oydan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng terapevt koʻrib chiqadi.
Urolog xulosasiga koʻra operativ muolajaga koʻrsatish boʻlmasa, prostata bezining dizuriya buzilishlarisiz I bosqichdagi adenomasida, uchuvchi va dispetcher tarkibidagi shaxslar 31.2.-modda boʻyicha yaroqlidirlar. Prostata bezining II-III bosqichdagi adenomasida, hamda I bosqichda, agar u oʻtkir siydik chiqarishni toʻxtab qolishi bilan ogʻirlashsa, koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
Tashqi jinsiy aʼzolardagi xavfsiz oʻsmalarni olib tashlash masalasi, ginekolog (urolog) maslahatidan keyin hal qilinadi. Tekshiruvdan oʻtayotganlarda simptomsiz kechuvchi bachadon miomasi aniqlansa, ularga dispanser kuzatuvi lozim. Bortkuzatuvchilikka oʻqishga nomzodlar va qayta shu ishga kirayotganlar yaroqsiz deb topiladilar. Miomani oʻsish holi, ovarial-hayz faoliyatini buzilishi va ogʻriq sindromini rivojlanishi operativ davolashga koʻrsatishdir. Operatsiyadan keyin, 34-moddada koʻrsatilgan muddatlarda ishga ruxsat etiladi.
