32-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Koʻkrak boʻshligʻi va koʻks oraligʻi aʼzolaridagi kasalliklar sababli operatsiyadan keyin, koʻrikdan oʻtuvchilar parvoz (dispetcherlik) ishiga va oʻqishga yaroqsiz deb topiladilar. Davolash natijalari ijobiy boʻlsa, ishga (oʻqishga) yaroqlilik masalasi, operatsiyadan keyin olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng, terapevt bilan birgalikda hal qilinadi.
Koʻkrak devorida va oʻpka toʻqimalarida yot jismlar borligida, yirik tomirlardan, yurakdan uzoqda boʻlsa, klinik koʻrinishlar bermasa va tashqi nafas olish funksiyasi yaxshi boʻlsa, ekspert xulosasi 32.2-modda boʻyicha chiqariladi. FA oʻquv yurtlariga nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar.
Jarohatli pnevmotoraksda davolanish va klinik tekshiruvlar tugagandan keyin, ekspert qarori chiqariladi.
Koʻkrak qafasining ichki aʼzolar shikastlanmagan ichiga kirgan jarohatida, yaroqlilik masalasi sogʻaygandan keyin hal qilinadi. Diafragmal churrada siqilish ehtimoli boʻlsa yoki qiziloʻngach va oshqozon funksional buzilishini yuzaga keltirsa va reflyuks-ezofagit bilan ogʻirlashganda, yaroqsizlik haqida xulosa chiqariladi. Operativ davolash natijasi ijobiy boʻlganda, parvoz (dispetcherlik) ishi haqidagi masala, operatsiyadan soʻng, olti oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrib chiqiladi.
