30-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
30.1-moddadan teri va I bosqichdagi pastki lab saratoni istisno tariqasida chiqariladi. Davolanish davrida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik belgilanadi. Kasbiy mehnatga layoqatlilik masalasini, onkolog xulosasini va periferik qon koʻrsatgichlarini normalligini hisobga olib, xirurg hal qiladi.
Qalqonsimon bezning I bosqichdagi (TI NOMO) yoki 2-a bosqichidagi (T2 NOMO), sut bezidagi, yumshoq toʻqimalardagi, oshqozondagi, ichaklardagi (toʻgʻri ichakdan tashqari), bachadon boʻynidagi oʻsmalar davolangandan keyin, 30.2-modda boʻyicha individual baholash qoʻllanilib, ishga tiklanish mumkin.
Koʻrikdan oʻtuvchida oʻsmali jarayon qaytalanishi yoki kattalashishi boʻlmasa va organizm faoliyati toʻliq va turgʻun kompensatsiyalansa, parvoz, dispetcherlik ishiga va bortkuzatuvchilik ishiga tiklash quyidagi muddatlarda koʻrib chiqiladi: oshqozon va ichak saratonida operatsiyadan keyin uch yil kam boʻlmagan vaqtdan soʻng; sut bezi, qalqonsimon bezi, buyrakdagi, moyakdagi, bachadon boʻynidagi xavfli oʻsmalarda davolanish (operativ, qoʻshma, nur bilan davolash) tugagandan keyin ikki yildan kam boʻlmagan vaqtdan soʻng. TUEKka taqdim etiladigan hujjatlarda: oʻsma bosqichi, batafsil patomorfologik xulosa (oʻsma oʻsishining anatomik turi, uning morfologik tasnifi, regionar limfa tugunlarining holati) va oʻtkazilgan muolaja (jarrohlikda- operatsiya turi va operatsiya operatsiyadan keyingi davrning kechishi; nurda — nurlanish uslubi, umumiy oʻchoqli dozasi, nurga umumiy va mahalliy taʼsirlanish) koʻrsatilishi shart.
“S-r in situ” patomorfologik xulosasida, oʻsma joylashgan joyidan qatʼi nazar, oʻtkazilgan muolajaning (operatsiyaning) xususiyatiga qarab, ekspert xulosasi chiqariladi.
Moddaga koʻz, markaziy va periferik nerv tizimidagi, lor aʼzolaridagi oʻsmalar tegishli emas.
