29-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1186-son) · Sana: 02.11.2002 · Amalda
Moddaga, bosh suyaklari, tayanch-harakat apparatini oʻziga xos va oʻziga xos boʻlmagan sababga koʻra kasalliklari: suyak va boʻgʻim sili, osteomiyelitlar, degenerativ-distrofik jarayonlar (deformatsiyalovchi artrozlar, osteoxondropatiyalar, aseptik nekrozlar va boshqalar), tovon suyagi pixi, toshli bursit, Dyupyuitren kontrakturasi, eozinofil granuloma, ksantoma, gemangioma, fibroz displaziyasi, hamda yuz skeletining surunkali kasalliklari kiradi. Bosh jarohati, bosh suyaklar va bosh miya operatsiyalari asoratlarida, ekspert xulosasini nevropatolog chiqaradi.
Kasallikning oʻziga xos sababi, sekvestr boʻshliqlar, borligi aniqlanganda, faoliyat buzilishi darajasidan qatʼi nazar, koʻrikdan oʻtuvchilar ishga yaroqsiz deb hisoblanadilar. Davolash natijalari ijobiy boʻlsa (oqma yara teshigi yopilishi, rentgenologik nazorat maʼlumotida sekvestrlar yoʻqligi) va remissiya 6 oydan kam boʻlmasa, ishga qoʻyish masalasi koʻrib chiqilishi mumkin.
Boʻgʻimlar funksiyasini baholash 29-modda (2-ilova) boʻyicha oʻtkaziladi. Umurtqa pogʻonasidagi suyaklarda, faoliyati ahamiyatsiz cheklangan va ogʻriqsiz sindrom bilan degenerativ-distrofik jarayonlarda (osteoxondroz, spondiloartroz), 29.2-modda boʻyicha xulosa chiqariladi. Ildizli sindromda ekspert xulosasini nevropatolog chiqaradi.
Umurtqa korpusini chiqib sinishida, umurtqa pogʻonasining silida (jarayon fazasi va funksional holatidan qatʼi nazar), koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb hisoblanadilar. Bir yoki ikki umurtqa korpusini kompressionli sinishida, jarohat, operatsiyadan soʻng, 12 oydan kam boʻlmagan vaqtdan keyin koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Koʻndalang va qiltiq oʻsimtalarini sinishida, koʻrikdan oʻtuvchilar, faoliyati tiklanib va ogʻriq sindromi yoʻqolgach, sogʻaygandan keyin ishga va oʻqishga qoʻyiladilar.
Disk churrasi sababli laminektomiyadan keyin, parvoz ishiga yaroqlilik 6 oydan kam boʻlmagan vaqtda, dispetcherlik ishiga esa — kasallik varaqasi yopilgach, aniqlanadi. Patologik kifozning barcha koʻrinishlari, parvoz ishiga va oʻqishga yaroqsizlikni belgilaydi. “Yumaloq orqa”(qaddi — qomatni koʻrinishi) patologik kifozga kirmaydi. Differensial tashhisot uchun umurtqa rentgenografiyasi zarur.
Normal jismoniy rivojlangandagi I darajali oʻsmirlik skoliozi, tugʻma sakralizatsiya, lyumbalizatsiya, umurtqa yoyining yorilishi, umurtqa pogʻonasi, tos aʼzolarining funksiyasi buzilishi ogʻriqli sindrom bilan davom etmasa, parvoz va dispetcherlik mutaxassisliklariga oʻqishga toʻsqinlik qilmaydi. Skoleoz burchagi, Kobba usulida, umurtqa pogʻonasining tik turgan holda oʻtkazilgan rentgenogrammasi boʻyicha aniqlanadi. I darajalisida, skolioz burchagi 10 gradusdan oshmaydi.
