38-modda. Rekreatsiya zonalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay joʻgʻrofiy va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreatsiya zonalari hisoblanadi.
Rekreatsiya zonalari Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalari Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
