39-modda. Rekreatsiya zonalarining rejimi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimga ega uchastkalarga boʻlinishi mumkin.
Rekreatsiya zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yoʻsinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllanish;
harom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish;
chiqindilarni saqlash va koʻmish;
joyning gidrologik rejimini oʻzgartirish.
