33-modda. Tabiiy pitomniklar
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Oʻsimliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yoʻli bilan ularni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi.
Tabiiy pitomniklar yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Tabiiy pitomniklar davlatga qarashli yoki xususiy, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda boʻlishi mumkin.
Xususiy tabiiy pitomniklarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat tabiiy pitomniklarini tashkil qilish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
Tabiiy pitomnik qaysi oʻsimliklar va hayvonlar uchun moʻljallangan boʻlsa, shu pitomnikning hududida shu oʻsimliklar va hayvonlarning saqlab qolinishi, takror koʻpaytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
