34-modda. Baliq xoʻjaligi zonalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Suv obyektlarini yoki ularning qismlarini oʻz ichiga oladigan, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun, shuningdek baliq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar baliq xoʻjaligi zonalari hisoblanadi.
Baliq xoʻjaligi zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi organlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Baliq xoʻjaligi zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror koʻpaytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
