31-modda. Buyurtma qoʻriqxonalarni tashkil etish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qoʻriqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Mahalliy ahamiyatga molik buyurtma qoʻriqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat muddatlari koʻrsatilmagan holda (muddatsiz) yoki kamida oʻn yil muddatga tashkil etiladi.
Buyurtma qoʻriqxonalar davlatga qarashli yoki xususiy boʻlishi, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda boʻlishi mumkin.
Xususiy buyurtma qoʻriqxonalarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat buyurtma qoʻriqxonalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
