24-modda. Tabiat bogʻlarining hududlari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Tabiat bogʻlarining hududi tabiat bogʻlariga foydalanishga berib qoʻyiladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bogʻlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Tabiat bogʻlari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga boʻlinadi.
Tabiat bogʻlarining hududida qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar, rekreatsiya, xoʻjalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari ajratib qoʻyiladi.
Aholini sogʻlomlashtirish uchun sharoit boʻlgan taqdirda tabiat bogʻlarida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalar ajratib qoʻyiladi.
Tabiat bogʻlari zonalarining oʻlchamlari va chegaralarini oʻzgartirish, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida boʻlsa, shu organlar tomonidan, davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
