23-modda. Tabiat bogʻlarini tashkil etish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yoʻnalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bogʻlari hisoblanadi.
Tabiat bogʻlari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bogʻlari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bogʻlariga boʻlinadi.
Tabiat bogʻlari bunday bogʻlar toʻgʻrisidagi, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida boʻlsa, shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
