13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini tugatish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarori bilan tashkil etiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qayta tashkil etish ularning toifalarini oʻzgartirish zarur boʻlganda amalga oshiriladi. Bunda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli toifaga oʻtkazilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish bunday hududlar qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, shu muddat tugaganidan keyin, shuningdek tabiiy ofatlar hamda texnogen xususiyatdagi taʼsirlar natijasida ulardagi tabiiy obyektlar va majmualarning qimmatliligi hamda noyobliligi yoʻqolgan taqdirda amalga oshiriladi.
