12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (710-II-son) · Sana: 03.12.2004 · Amalda
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchaskalaridagi faoliyati, agar bunday faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilish moʻljallanayotgan tabiiy obyektlar va majmualar saqlanishiga xavf soladigan boʻlsa, cheklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ana shu yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga faqat davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
