13-modda. Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlari
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida (O‘RQ-501-son) · Sana: 16.10.2018 · Amalda
Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlari ularda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) mavjud boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga yozma shaklda bildirish berilib, unda xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining pochta manzillari va aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs oʻrtasida tuzilgan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi hamda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish masalasi boʻyicha chet ellik sheriklar bilan oʻz vakolatlari doirasida muzokaralar (suhbatlar) oʻtkazish, shartnomalar, bitimlar va bayonnomalarning loyihalarini tayyorlash;
ehtimol tutilgan ish beruvchilarni qidirish, xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini oʻrganish asosida boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga axborot taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlayotgan shaxslar haqidagi axborotni faqat ularning roziligi bilan chet ellik ish beruvchilar oʻrtasida tarqatish;
ish qidirayotgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun dastlabki tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashiladigan mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va uy-joy-maishiy taʼminoti, chet ellik ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari haqida xabardor qilish;
