14-modda. Xususiy bandlik agentliklarining ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari
Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida (O‘RQ-501-son) · Sana: 16.10.2018 · Amalda
Ishga joylashtirish sohasidagi axborot va maslahat xizmatlarini xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatadi. Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining umumiy qiymati tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlar miqdoridan oshmasligi kerak. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi yangi shartnomalarni tuzishga faqat ular ilgari tuzilgan shartnomalarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlar doirasida bajarganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari buyurtmachini mehnat bozori holatining tahlili va prognozi hamda uning ishtirokchilari, mazkur bozorning konyunkturasi, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik haqidagi axborot bilan taʼminlashni, shuningdek ishga joylashtirish sohasidagi boshqa axborotni taqdim etishni oʻz ichiga oladi.
