“73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-497-son) · Sana: 11.10.2018 · Amalda
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi”;
29) 91-moddaning:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan” degan soʻzlar “rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “rasmiylashtirilmagan” degan soʻzdan keyin “yoki apostil qoʻyilmagan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Advokat quyidagilardan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas:
ilmiy va pedagogik faoliyat;
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;
