“701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-497-son) · Sana: 11.10.2018 · Amalda
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga koʻra ushbu yigʻilish oʻtkazilishi chogʻida hozir boʻladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi”;
27) 12-bobning nomidagi “arizalarini” degan soʻzlar “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 73-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
