7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻsimliklar karantini sohasidagi vakolatlari
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimliklar karantini sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlarining taqdimnomalariga koʻra tegishli hududlarni oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qiladi va zarur karantin cheklovlarini oʻrnatadi;
oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni oʻtkazishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
