8-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni oʻtkazishdagi ishtiroki
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
tegishli hududda oʻsimliklar karantini sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
tegishli hudud aholisini oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalganligi toʻgʻrisida xabardor qilishda oʻsimliklar karantini davlat inspektorlariga koʻmaklashadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni oʻtkazishda ham ishtirok etishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantini obyektlarining kirib kelishidan yoki tarqalishidan himoya qilishda (fitosanitar xavfsizlik) davlat organlariga va boshqa organlarga zarur yordam koʻrsatishi mumkin.
