18-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimliklar karantini sohasidagi huquqlari
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-484-son) · Sana: 09.07.2018 · Amalda
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda, oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati vakillari bilan birgalikda oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablari soʻzsiz bajarilishini taʼminlovchi tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash uchun oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmatidan karantin ostidagi mahsulotni saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va qabul qilish punktlari joylashgan yerlarni, ularga tutash hududlarni, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni, oʻrmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarini nazorat tekshiruvlaridan oʻtkazishni talab qilish;
oʻsimliklar karantini obyektlari toʻliq yoʻq qilinganidan keyin oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmatiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga karantin cheklovlarini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish.
Karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
