“82-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yigʻilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining kun tartibini tayyorlash;
umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlarning roʻyxati tuziladigan sanani belgilash;
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritish;
agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga tegishli huquq berilgan boʻlsa, eʼlon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish yoki jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini koʻpaytirish;
jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, obligatsiyalar va qimmatli qogʻozlarni joylashtirish;
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;
agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga tegishli huquq berilgan boʻlsa, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni olish;
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan boʻlsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan boʻlsa, shunday biznes-rejani tasdiqlash;
jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning aʼzolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin;
agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan boʻlsa, ijroiya organiga toʻlanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash;
jamiyat taftish komissiyasi aʼzolariga (taftishchisiga) toʻlanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga toʻlanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish;
