“111-modda. Auditorlik tashkiloti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida notoʻgʻri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar boʻladi”;
25) 112-moddasining nomi va birinchi xatboshisidagi “yoki auditorning”, “yoki auditor” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
26) 114-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “auditorlar” degan soʻz “auditorlik tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 117-moddasidagi “auditorlar” degan soʻz chiqarib tashlansin.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda) 25-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi “toʻlovlar” degan soʻz “kompensatsiya toʻlovlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda):
1) 14-moddasining:
birinchi qismidagi “sud” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi”;
2) 46-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Manzil-koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi:
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar;
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar”;
