“237-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (535-II-son) · Sana: 30.08.2003 · Amalda
Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan boʻyin tovlash –
eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 239-moddasi chiqarib tashlansin;
4) 245-moddasining birinchi qismidagi “239” raqami chiqarib tashlansin;
5) 261-moddasi ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “yetti baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha” degan soʻzlar “fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha” degan soʻzlar “fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 14-moddasidagi “yoki taʼsis shartnomasi va ustav yoxud faqat taʼsis shartnomasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 15-moddasining toʻrtinchi qismidagi “auditor” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) 16-moddasining matnidagi “yigʻilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi” degan soʻzlar “yigʻilishining qaroriga, ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga yoki jamiyat kuzatuv kengashining bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
