“2671-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (772-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar:
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
15) 2681-moddasida:
birinchi qismdagi “178-moddasida” degan soʻzlar “178 va 1781-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi “besh baravarigacha” degan soʻzlar “yetti baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning uchinchi xatboshisidagi “toʻrt baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda):
1) 4-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini taʼminlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas”;
2) 51-moddasida:
ikkinchi qismning toʻqqizinchi xatboshisidagi “bank aksiyalarining yigirma foizidan ortigʻini” degan soʻzlar “ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq qismini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank oʻz qarori toʻgʻrisida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi”.
