“2663-modda. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (772-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlariga ushbu Kodeksning 1041-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar:
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori — eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat markazi inspektorlari, qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha viloyatlar davlat inspektorlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha tumanlar inspektorlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
