“216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (772-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish —”;
5) 2161-moddasining nomi va dispozitsiyasidagi “Faoliyati taqiqlangan”, “Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan” degan soʻzlar tegishincha “Gʻayriqonuniy”, “Oʻzbekiston Respublikasida Gʻayriqonuniy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 224-moddasida:
birinchi qismning dispozitsiyasidagi “roʻyxatdan oʻtish, propiska” degan soʻzlar “vaqtincha yoki doimiy propiska” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismning dispozitsiyasidagi “mazkur fuqarolarning chet el pasportlarini oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishga, ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar “mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan oʻtishlarini, shuningdek ular shu erda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini taʼminlashga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismning sanksiyasidagi “yetmish besh baravarigacha” degan soʻzlar “yuz baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 2442-moddasi bilan toʻldirilsin:
