“1841-modda. Budjet intizomini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (772-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Budjet intizomini buzish, yaʼni budjet mablagʻlarini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yoʻllash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlarning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar toʻlovi uchun pul mablagʻlari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilganligi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
4) 216-moddasining nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
